Toshkent havo iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqdi. Bu haqda IQAir portali ma’lumotlarida keltirilgan.

Soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosida mayda PM 2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 59,8 mkg/m kubni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.

Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 22 sentyabr kuni ham O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havoning ifloslanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing