Toshkentda do‘kon yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 9 dekabr kuni soat 06:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani "Ko‘kcha" Mahalla fuqarolar yig‘ini  G.Uzoqov ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kelib tushgan xabarga tayanib ma’lum qildi.

Ushbu xabarga asosan, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:09 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 06:16 da o‘chirilgan. 

Hodisa  oqibatida 20 kvadrat metr maydonda yengil konstruksiyadan qurilgan oziq-ovqat do‘koni yonib zararlangan. Voqea joyida hech qanday portlash holatlari ro‘y bermagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shayxontohur tumani Toshkent shahar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing