Tomonlar rozi. Garet Beylning qaysi klubga o‘tishi ochiqlandi

Sport

image

Ispaniyaning “Real” futbol klubi uelslik hujumchi Garet Beylni “Nyukasl”ga 20 million yevroga sotishga tayyor. Bu haqda Ispaniyaning “Marca” nashri yozmoqda.

Manbada aytilishicha, 30 yoshli Beyl “Real”dagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchi sifatida 2022 yilgacha jamoada qolishni xohlamoqda. Shu bilan birga, Ispaniya klubi ish haqi jadvalini tushirishni rejalashtirgan. Shuning uchun ular hujumchini uning transfer qiymatidan ancha arzonroq narxda sotishga tayyor. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, bu 32 million yevroga teng.

Eslatib o‘tamiz, Beyl 2013 yilda 101 million yevro evaziga “Tottenxem”dan sotib olingan edi. U Ispaniya chempioni, Ispaniya Kubogi va Superkubogi sohibi, to‘rt marta Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempioni, ikki marta UEFA Superkubogi sohibiga aylangan. Ushbu mavsumda uelslik hujumchi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni paytda Angliya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatsiz to‘xtatib qo‘yilgan. “Nyukasl” 29 uchrashuvda 35 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Klub o‘z tarixida to‘rt marta Angliya chempioni, olti marta Angliya kubogini yutgan.


Maqola muallifi

Teglar

Garet Beyl

Baholaganlar

304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing