Garet Beyl “Real”dan ketishni xohlayapti
Sport
−
03 Sentabr 2020
5797"Real Madrid" hujumchisi Garet Beyl jamoani tark etishni va boshqa klubning bir qismiga aylanishni istamoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
31 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, avvalroq "Real Madrid" barcha transfer takliflarini to‘sib qo‘ygan. Shuning uchun, futbolchi klub rahbariyati bilan ketish istagi haqida gaplashdi.
"Men hali ham g‘ayratliman, futbol o‘ynashni xohlayman, ammo barchasi klubga bog‘liq, ular hamma narsani nazorat qilishadi. Menda amaldagi shartnoma bor, lekin men boshqa loyihaning bir bo‘lagi bo‘lishni xohlayman. 31 yoshdaman va juda yaxshi formadaman. Hali juda ko‘p narsalarni qila olaman, deb o‘ylayman. Keling, barchasi qanday tugashini ko‘raylik", deydi Beyl.
Beylning amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha tuzilgan. Ayni vaqtda hujumchining transfer narxi 32 million yevroga baholanmoqda.
2019/20 yilgi mavsumda uelslik futbolchi "Real" tarkibida barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va ikkita golli pas berdi. Madridliklar bilan jami 249 ta o‘yin o‘tkazdi.
Beyl 2013 yilda Ispaniyaning "Tottenxem" klubidan transfer qilingan, uning transferi uchun "Real Madrid" 101 million yevro to‘lagan.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi