Tom Xenks va rafiqasi COVID-19 bemorlariga “xenksina“ taklif qilishdi
Salomatlik
−
27 aprel 2020
4629Yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan amerikalik aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson yordamga muhtojlarga “xenksina“ ni – o‘z qon zardoblaridan berishni e’lon qildilar. Bu haqda “Yahoo News” xabar berdi.
63 yoshli aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u va uning rafiqasi koronavirusga chalinib, sog‘ayishgan. Ularning aytishicha, ularning qonlarida koronavirusga qarshi antitelalar mavjud.
“Biz qon zardobini ehson qila olamizmi? Ha, aslida, biz buni hozirda “xenksina“ deb atadik. Kim ushbu narsaga muhtoj bo‘lsa biz berishga tayyormiz“, deydi Tom Xenks
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 mart kuni Tom Xenks va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi. Ular 17 mart kuni shifoxonadan chiqarildi. Kvinslendda ikki haftalik karantindan so‘ng, er-xotin Los-Anjelesga qaytib kelishdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 995 043 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 878 972 nafari sog‘aygan, 207 000 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 909 071 kishini tashkil qilmoqda.