Tolimarjon IES yil oxirigacha xususiylashtiriladi
Jamiyat
−
01 iyul 2019
3889Kecha, 30 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining “Mubadala Utilities” kompaniyasi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Energetika vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kun tartibidagi masala joriy yilning mart oyida BAAga oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan shartnomalar doirasida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasinini xususiylashtirish bo‘ldi.
Uchrashuv davomida elektrostansiyalarni xususiylashtirish va uning quvvatini yanada oshirish konsepsiyasi taqdim etildi, shuningdek, mavjud huquqiy shartnomadagi kelishuv va loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqildi. Konsepsiya elektrostansiyaning ish faoliyati va texnik parametrlarini batafsil o‘rganish maqsadida delegatsiyaning Talimarjon IESga oldingi ishchi tashrifi davomida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan.
Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalari bo‘yicha yakdil fikrga kelishdi.
2019 yil oxirigacha investitsiyaviy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi