Qozog‘istondagi IESda portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
21 dekabr
4085Bugun, 21 dekabr kuni Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyatida joylashgan Ridder issiqlik elektr stansiyasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Stan.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida 6 kishi jabrlangan. Shahar hokimligi portlashni “chaqnash” deb atagan va u erta tongda, mahalliy vaqt bilan soat 04:39 atrofida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.
"Yaralangan korxona xodimlari shifoxonada, ularning ahvoli barqaror", deyiladi xabarda.
Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda IES normal rejimda ishlamoqda, xonadonlarda havo harorati me’yorda qolmoqda. Ayni paytda Shygys Zhylu mutaxassislari korxonani tekshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun joyida ishlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea joyida Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimi Ermek Kosherbayev ham borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Oqmola viloyatida eski masjid binosida yuzaga kelgan gaz portlashida ikki nafar katta yoshdagi odam va bir bola halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi