Angren IESda yong‘in chiqdimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren issiqlik elektr stansiyasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida  xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Angrenda eski GRES hududida yong‘in sodir bo‘ldi” sarlavhasi ostidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Angren IES hududida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Stansiya barqaror ishlamoqda.

“Shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabi yolg‘on xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz”, deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 20 yanvar kuni Yangi-Angren IES qozon agregatida ko‘mir-kukuni havo aralashmasining portlashi tufayli “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar oqibatida vafot etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Angren IES ekologiyaga zarar keltirgani uchun jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Angren IES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing