“Tolibon” jangarilariga yangi taqiq qo‘yildi 

Olam

image

“Tolibon” jangarilarining Afg‘onistondagi ko‘ngilochar bog‘larga qurol-yarog‘ bilan kirishi taqiqlandi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.  

“Islom amirligi mujohidlarining istirohat bog‘lari hududiga qurol-yarog‘ bilan, harbiy kiyimda, shuningdek transport vositalari bilan kirishi taqiqlandi. Mujohidlar istirohat bog‘larining barcha qoidalariga rioya qiladi”, deb yozgan Mujohid Vazirlar Mahkamasi qaroriga tayanib. 

2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon” afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirdi, 15 avgust kuni Qobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSH harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilindi. 31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etib, AQSHning Afg‘onistondagi qariyb 20 yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. Sentyabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga “Tolibon”ning birinchi hukmronligi davrida tashqi siyosatga mas’ul bo‘lgan va 2001 yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund rahbar bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

320

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing