“Tolibon” yana hujumga o‘tdi

Olam

image

Afg‘onistonning Balx viloyatida “Tolibon” jangarilari tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida to‘qqiz askar halok bo‘ldi, yana besh kishi, jumladan, bir nafar bola yaralandi. Bu haqda “Tolo News” telekanali xabar bermoqda.

“Tolibon” askarlari 19 aprel oqshomida Sholgar okrugiga hujum qildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uch tolibon, shu jumladan, ularning qo‘mondoni o‘ldirilgan

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va mamlakatning qishloq joylaridagi muhim hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtiradigan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud. Shuningdek, mamlakatda ISHID terrorchi guruhining ta’siri kuchaygan. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab qo‘shma aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

352

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing