“Tolibon” voizi Mirziyoyevni olqishladi

Olam

image

"Tolibon" voizi Zabihulloh Mujohid Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini olqishladi. Bu haqda “Tolonews” nashri xabar berdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiy davlatlar tashkiloti” yig‘ilishida nutq so‘zladi. Unda Prezident hozirgi vaziyatda Afg‘onistonni unutmaslikka chaqirib, "Bizga tinch va barqaror Afg‘oniston kerak", degandi. 

Zabihulloh Mujohid esa tinchlik va barqarorlik uchun qo‘shni davlatlarning Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalari zarurligini ta’kidladi.

“Mintaqa Afg‘onistonga hozirgi barqarorlikda yordam berishi va hamkorlik qilishi, yaratilgan yoki o‘ylab topilgan muammolarning oldini olishi kerak. Ikkinchidan, Afg‘oniston Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalarni tiklashi kerak”, degan u. 

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ham Afg‘onistonning mintaqa xavfsizligidagi roli muhimligini bildirgan.

“Dunyo butun qit’a xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. Jahon hamjamiyati a’zosi sifatida Afg‘oniston ham bu borada muhim ahamiyatga ega”, dedi Turkiya Prezidenti.

O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, Termizdagi logistika markazi orqali insonparvarlik yordami ko‘rsatish va Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitishni davom ettirishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan  Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etdi. Unda davlat rahbari afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni susaytirmaslikka, bu yurtdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Mirziyoev Mujohid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing