“Tolibon” va afg‘on kuchlari yetti kunlik kelishuvga qaramay o‘zaro o‘t ochdi

Olam

image

Afg‘oniston hukumati kuchlari va "Tolibon" harakati so‘nggi 24 soat davomida bir-biriga qarshi harbiy harakat olib bordi. Ammo AQSH rasmiylari 18 yildan beri davom etayotgan mojaroga tinchlik muzokaralari orqali barham berilganini iddao qilmoqda.

Ikki tomon muzokarachilari Dohada kelishuvlarni davom ettirayotgan bir paytda, Afg‘oniston hukumati joylarda jang bo‘layotganini xabar qildi. Shuningdek, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi 13 yanvar, payshanba kuni kechqurun Balx viloyati shimolida amalga oshirilgan havo hujumida "Tolibon"ning yuqori darajali qo‘mondoni o‘ldirilganini bildirdi.

"Afg‘oniston havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan hujum natijasida "Tolibon" harbiy komissiyasining asosiy a’zosi Mavlaviy Sardor Muhammad va yana sakkiz kishi o‘ldirildi", deyiladi vazirlik bayonotida. Lekin "Tolibon" havo hujumini tasdiqlamadi.

"Tolibon" vakili Zabihulla Mujohidning aytishicha, toliblar Qunduz viloyatining shimolidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujumi paytida olti afg‘on askarini o‘ldirgan.

Afg‘oniston, "Tolibon" va AQSH manbalari ushbu oyda, 2001 yilda mamlakatga kiritilgan AQSHning 13 000 ga yaqin harbiylari va NATOning minglab askarlarini olib chiqishga imkon beradigan tinchlik bitimi imzolanishi mumkinligini xabar qilishdi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 13 yanvar kuni Afg‘onistonda AQSH qo‘shinlari sonini qisqartirish va “Tolibon” bilan kelishuvga erishish uchun "yaxshi imkoniyat" borligini aytgandi. AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo esa so‘nggi kunlarda “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralarida muhim yutuqlarga erishilganini aytdi va Mudofaa vaziri Mark Esperning aytishicha, ular zo‘ravonlikni bir haftaga to‘xtatish taklifini muhokama qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oxirgi choragida Afg‘onistonda terroristik xurujlar avvalgi yillarga nisbatan rekord darajaga ko‘tarilgan edi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

51

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing