“Tolibon” O‘zbekistonga Afg‘onistonda temir yo‘l qurishda yordam bermoqchi

Olam

image
Afg‘oniston Islom Amirligi O‘zbekiston xalqini mustaqillik kuni bilan tabrikladi — TIV   north_east

Afg‘oniston Islom Amirligi O‘zbekiston xalqini mustaqillik kuni bilan tabrikladi — TIV  

“Tolibon” harakati O‘zbekistonga Afg‘oniston hududida temir yo‘l va elektr uzatish liniyalarini qurishda yordam berishini e’lon qildi. Bu haqda “Tolibon”ning O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklab yuborgan xatida aytilgan. Noma “Tolibon” harakati siyosiy idorasi Matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shahin tomonidan yuborilgan. 

“O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Biz qo‘shni O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlaymiz. O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini, xususan, temir yo‘l va elektr uzatish liniyalarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz. Afg‘oniston Islom Amirligi o‘zbek sheriklarimizga bu yo‘nalishda barcha zarur yordamni beradi”, deyilgan maktubda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda yuqorida ko‘rsatilgan infratuzilma loyihalarini muhokama qilgandi.

Tomonlar “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘li va yangi “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurishdan manfaatdor ekanligini tasdiqlagandi. 

Temir yo‘l loyihasi qariyb 5 milliard dollarga baholanmoqda. U Toshkentni Afg‘oniston poytaxti orqali Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatining ma’muriy markazi Peshovar bilan bog‘laydi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Tolibon

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing