“Tolibon” O‘zbekiston chegarasiga qo‘shin joylashtirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
19 fevral 2022 60049 1 daqiqa
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan radikal “Tolibon” harakati Bosh shtab rahbari Qori Fasihuddin Fitrat Twitter’da rasmiy akkauntga ega emas. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumatida Axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabixulla Mujohid ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Fasihuddiy Fitrat Twitter’da sahifaga ega emas va harakt qo‘shinlarini shimoli-sharqqa O‘zbekiston va Tojikiston chegarasiga joylashtirayotgani haqida hech qanday post qoldirmagan. Tarqalgan xabarlar esa yolg‘on.
Avvalroq, joriy yilning 15 fevral kuni Fasihuddiy Fitrat nomidagi Twitter akkauntda harakat chegaralarini himoya qilishi uchun 10 ming kishilik sara qo‘shinini O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh viloyatlarga joylashtirayotgani haqida post qoldirilgandi.
Live
Barchasi