“Tolibon” o‘z armiyasini 200 ming kishiga yetkazmoqchi
Olam
−
31 mart 2023
7408Afg‘onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” Qurolli kuchlari sonini 200 ming kishiga yetkazish rejasini e’lon qildi. Bu haqda “Tolibon” armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Fasihuddin Fitrat ma’lum qildi.
“Kelgusi yil harbiy xizmatchilar sonini 150 mingdan 170 mingga oshirishga va asta-sekin 200 mingga yetkazishga qaror qildik”, deydi Fasihuddin Fitrat.
2021 yil avgust oyi o‘rtalarida Afg‘onistonda hokimiyat qo‘lga kiritilgan paytda “Tolibon” askarlari soni 100 ming kishiga yetgan edi. 2022 yil fevral oyida esa “Tolibon” vakillari o‘z Qurolli kuchlari sonini 150 ming kishiga yetkazish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.
“Global Firepower Index” loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasida 50 ming, Qozog‘istonda 132 ming, Turkmanistonda 22 ming, Tojikistonda 9 ming va Qirg‘izistonda 11 ming harbiy xizmatchi bor.
Shunday qilib, “Tolibon” armiyasining soni allaqachon Markaziy Osiyo mamlakatlari armiyasidan kattaroqdir.
LiveBarchasi