“Tolibon” Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi 

Olam

image

Afg‘oniston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar Tojikiston mamlakat ichki ishlariga aralashayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Al-Jazeera” nashri yozmoqda. 

“Tojikiston bizning ishlarga aralashmoqda. Har bir harakatga qarshi harakat mavjud”, deydi Barodar.

Qayd etish kerakki, Tojikiston Prezidenti Afg‘oniston haqida gap  ketganda ancha faollashib qolgan. Xususan, Imomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkilotining mamlakat poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitida jahon hamjamiyatini Panjsherni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Panjsher toliblarga eng ko‘p qarshilik ko‘rsatgan Afg‘onistonning shimoliy viloyati hisoblanadi. 

Bundan tashqari, Tojikiston Prezidenti “Tolibon” tuzadigan hukumatni tan olish uchun 3 ta shart ham qo‘ygandi. Ulardan biri – yangi hukumat tarkibida tojiklar ham bo‘lishi kerak.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

615

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing