“Tolibon” sobiq hokimiyatdan qolgan tuzilmalarni tarqatib yubordi

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonda hokimiyatga kelgan “Tolibon” harakati hukumati bir qator davlat organlarini, jumladan vakillik organlarini tarqatib yubordi. Bu haqda “Khaama Press” xabar bermoqda.  

Buning tasdig‘i sifatida agentlik harakat yetakchilarining imzolari bilan tegishli hujjatning fotosuratini taqdim etgan. 

Ta’kidlanishicha, “Tolibon” Milliy xavfsizlik kengashi, Milliy kelishuv bo‘yicha oliy kengash, Milliy majlis (parlament)ni tarqatib yuborgan, shuningdek, inson huquqlari, konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish komissiyalari va parlamentning har ikki palatasining kotibiyatlarini ham tugatgan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini e’lon qilganidan keyin “Tolibon” harakati Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa Respublikani tark etdi. 6 sentyabrda toliblar butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida e’lon qilgan bo‘lsa, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing