“Tolibon” SHHTning Samarqanddagi sammitiga taklif qilinmadi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2022
12350Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” radikal harakati vakillari 16-17 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitiga taklifnoma olmagan. Bu haqda kecha, 14 sentyabr kuni Afg‘onistonning “TOLOnews” telekanali xabar berdi.
Shu munosabat bilan Afg‘onistonning yangi hokimiyati vakili o‘rinbosari Bilol Karimiyning aytishicha, “Afg‘oniston Islom Amirligi” (“Tolibon” Afg‘onistonni shunday nomlaydi) “SHHT a’zolari bilan hamisha yaxshi munosabatda bo‘lgan”.
“Umid qilamizki, bu sammit yaxshi natijalar beradi, muzokaralar va diplomatiya yo‘li bilan Afg‘oniston Islom Amirligi bilan bog‘liq masalalarda natijaga erishiladi”, deydi u.
SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, unga Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zolari kiradi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
SHHT davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti joriy yilning 15-16 sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
LiveBarchasi