“Tolibon” samolyot halokatga uchragan hududga qutqaruvchilarni yubordi

Olam

image

Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” harakati Rossiyaning Falcon-10 samolyoti qulagani taxmin qilingan joyga qutqaruv guruhini yubordi. Bu haqda “Bakhtar” axborot agentligi xabar berdi. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistondan uchib kelgan xususiy samolyot Badaxshon viloyatining Kuran, Munjan va Zibak tumanlari oralig‘idagi hududda g‘oyib bo‘lgan. Samolyot bortida olti kishi bo‘lgan.

“Mahalliy ma’murlar vaziyatni o‘rganish va yordam ko‘rsatish uchun hududga xavfsizlik xodimlari yuborilganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

“Shot”ga ko‘ra, Falcon-10 halokatidan omon qolganlarning barchasi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni Hindistondan Moskvaga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida, Xitoy, Tojikiston va Pokiston chegarasida halokatga uchragandi. Ma’lum qilinishicha, samolyot yoqilg‘i to‘ldirish uchun Toshkentga to‘xtab o‘tishi kerak bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon samolyot halokati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing