“Tolibon” Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida futbol o‘yinlarini tashkil etmoqchi

Sport

image

“Tolibon” Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida futbol o‘yinlari o‘tkazilishini xohlamoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatida mehnat va ijtimoiy aloqalar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Umariy ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, “Tolibon” Afg‘onistonda sportchilar ishtirokida sport o‘yinlari ko‘payishini xohlaydi, shuningdek, ruslar bilan futbol o‘yinini o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Umariyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston terma jamoasi oxirgi vaqtlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va Osiyo chempionatlarida ishtirok etyapti. 

“Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi futbol turnirini intiqlik bilan kutmoqdamiz”, deydi Umariy.

Ma’lumot uchun, hozirda Afg‘oniston terma jamoasi FIFA reytingida 151-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Rossiya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing