“Tolibon” Rossiya buyurtmasi bilan AQSH askarlarini o‘ldirganmi? Harakat izoh berdi

Olam

image

Xabaringiz bor, “The New York Times” jurnalining  Rossiya Afg‘onistondagi AQSH askarlarini o‘ldirishi uchun “Tolibon”ga mukofot va’da qilgani haqidagi xabar ko‘plab bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi.

Nashrning har tomondan norozilikka sabab bo‘lgan xabariga “Tolibon” harakati ham munosabat bildirdi. Harakat Rossiya bilan til biriktirib, amerika askarlarini o‘ldirganini inkor qildi va rasmiy Vashington bilun tuzilgan kelishuvga sodiq qolayotganini bildirdi. Bu haqda “France Press” xabar berdi.

Toliblar bayonotida ular 19 yillik kurashi davomida hech bir davlatning razvedka tashkiloti oldida majburiyati bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Unda shuningdek, Afg‘onistondagi AQSH harbiylari asosan janglarda emas, qo‘lbola portlovchi uskunalar sabab halok bo‘lishi ta’kidlangan.

Avvalroq, “New York Times” gazetasi o‘z manbasiga tayangan holda, Rossiya harbiy razvedkasi go‘yoki toliblar bilan bog‘liq jangarilarga Afg‘onistondagi Amerika askarlariga hujum qilish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar qilgan edi. Nashr “anonim manba”dan boshqa hech qanday dalil keltirmagan. Shu bilan birga, nashr razvedka Prezidentni ehtimoliy hujumdan bir necha oy avval ogohlantirganini ta’kidlagan.

 Oq uy va Donald Tramp bu xabarga munosabat bildirib, uni inkor qildi. Tramp hech qanday hujum haqida na unga, na vitse-prezident Maykl Pensga xabar berilmaganini bildirdi.

O‘z navbatida,  Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yolg‘on deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Tolibon

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing