“Tolibon” rasmiylari O‘zbekiston muftiysi bilan uchrashdi (foto)

Jamiyat

image

Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatning Haj va diniy ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Nur Muhammad Soqib O‘zbekiston muftiysi shayx Nuriddin Xoliqnazarov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari kutib olgan.

Har ikki tomon o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, yaqin hamkorlik qilish, Afg‘oniston va O‘zbekiston ulamolari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish va takomillashtirish, masjid va maktablar ta’limi sohasida o‘zaro tajriba almashish, din masalalarini muhokama qilishgan.

Bildirilishicha, delegatsiya boshqa hukumat vakillari bilan uchrashishdan tashqari Samarqand va Buxoro islom markazlarida ham bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi Haj va diniy ishlar vazirligining yuqori martabali delegatsiyasini mamlakatga taklif qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Nuriddin Xoliqnazarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing