“Tolibon” Putinga javob qaytardi
Olam
−
17 Oktabr 2021
54439Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Afg‘oniston shimolida ISHID terrorchi guruhining joylashib olgani bo‘yicha bildirgan xavotiri asossiz. “Tolibon” harakati vakili Anamulla Samangani Putinning tashvishli fikriga shunday javob qaytardi.
“Bu bo‘yicha bildirilgan xavotirlar asossiz. Ishid Afg‘onistonda xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi”, degan Samangani.
“Tolibon”ning boshqa bir vakili Bilol Karimining so‘zlariga ko‘ra, ISHID Afg‘onistondan Iroq va Suriyaga jangarilarni yuborolmaydi. Uning bunday murakkab logistik vazifani bajarish imkoniyati yo‘q.
Avvalroq, Putin MDH davlatlari rahbarlari kengashida Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirib, ISHID hamon xavf ekaniga to‘xtalgandi. U muqaddam Iroq va Suriyada jang qilgan terrorchilar Afg‘onistonga ko‘chayotgani haqida aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi