“Tolibon” Pokistonni afg‘on muhojirlariga nisbatan shafqatsizlikni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” harakati rahbari Muhammad Hasan Oxund Pokistonni mamlakatdan chiqarib yuborilgan noqonuniy afg‘on muhojirlariga shafqatsiz munosabatda bo‘lishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u Qobulda "Jamiyat Ulamo va Islom" (Islom dinshunoslari assambleyasi) partiyasi raisi Mavlono Fazlur Rahmon boshchiligidagi Pokiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda aytgan.

“Afg‘on qochqinlariga shafqatsiz munosabatda bo‘lish Pokistondagi noqonuniy muhojirlar tomonidan yaratilgan muammoni hal qilmaydi. Pokiston rasmiylarining ularga nisbatan bunday munosabati boshqa mamlakatlarda ham umidsizlik va qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda”, deydi Muhammad Hasan Oxund.

Oxundning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” Pokiston yoki boshqa bir davlatga zarar yetkazish niyatida emas va hech kimga Afg‘oniston tuprog‘idan qo‘shnilariga qarshi foydalanishga ruxsat bermaydi.

Mavlono Fazlur Rahmon “Tolibon” harakatining rasmiy taklifiga binoan Qobulda bo‘lib, uni afg‘on-Pokiston munosabatlarini fonda hal qilishda vositachi bo‘lishga chaqirishgan.

2023 yilning 1 noyabrdan beri Pokistonda vizasiz va hujjatsiz yurgan xorijliklarni vataniga majburan deportatsiya qilish kampaniyasi olib borilmoqda. Kampaniya 31 oktyabrda, aksariyati Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan barcha noqonuniy muhojirlarning Pokistondan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketishi uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin boshlandi.

Hozirgacha Pokistondan Afg‘onistonga kamida 500 ming qochqin qaytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Tolibon afg'on muhojirlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing