“Tolibon” otasi” uzoq yillar AQSH harbiy bazasi bilan qo‘shnichilikda yashagan

Olam

image

“Tolibon” harakatining asoschisi Mulla Muhammad Omar uzoq yillar davomida Afg‘onistonda AQSH harbiy bazasi yaqinida yashab kelgan. Bu haqda jurnalist Batte Damaning “Dushmanni izlab” kitobida yozilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001 yildagi teraktlardan keyin AQSHda Omar Pokistonga ketgan deb o‘ylashgan. Biroq u Afg‘onistonning Zabul viloyatida yashagan. Uning uyidan bir necha kilometr uzoqlikda AQSH harbiy bazasi joylashgan. Mulla Omar 2013 yilda o‘z uyida vafot etgan.

Dama o‘z kitobida “Tolibon” otasi”ning tan soqchisi Jabbor Omarning hikoyasiga asoslangan.

Afg‘oniston Hukumati Omar AQSH taxmin qilganidek Pokistonda yashaganini ma’lum qilgan va bu ma’lumotlarni inkor qilgan.

“Bizda u Pokistonda yashab, o‘sha yerda vafot etganini isbotlovich ishonchli ma’lumotlar bor”, deyiladi afg‘on prezidenti administratsiyasi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Mulla Omar

Baholaganlar

316

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing