“Tolibon” Moskvaga boradi. Putin ularni qabul qiladimi?

Olam

image
Tojikiston razvedkasi afg‘on bilan chegara haqida axborot berdi north_east

Tojikiston razvedkasi afg‘on bilan chegara haqida axborot berdi

Joriy yilning oktyabr oyida “Tolibon” harakati Rossiya poytaxti Moskvaga boradi. Biroq, RF Prezidenti Vladimir Putin ular bilan uchrashishni rejalashtirmagan. Bu haqda TASS yozmoqda

Bugun, 15 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Tolibon” bilan muloqot qilish kerak, lekin ularni tan olishga shoshilmaslikni aytdi. U, shuningdek, afg‘onlararo yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash va bu mamlakatdagi vaziyatni normallashtirishga intilishni zarur, deb hisoblashini ma’lum qildi.

Uning fikricha, kengaytirilgan “uchlik” (Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokiston ishtirokida) ishini, shuningdek, mintaqaning asosiy davlatlari ishtirok etadigan Moskva formatini qayta tiklash mumkin. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining aytishicha, ushbu mexanizmlar doirasida oktyabr oyining o‘zidayoq uchrashuvlarni Moskvada imkon qadar tezroq o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bunga qadar, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova  kelasi hafta “Tolibon” delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarining Moskva formatida ishtirok etish uchun kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Ushbu axborotni Rossiya Prezidenti Matbuot xizmati rahbari Peskov ham tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva formatidagi uchrashuv joriy yilning 20 oktyabriga belgilangan. Bu format 2017 yilda Rossiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Xitoy va Pokiston maxsus vakillarining olti tomonlama maslahatlashuv mexanizmi asosida yaratilgan.

Qayd etish kerakki, “Tolibon” harakati Rossiyada taqiqlanganiga qaramay joriy yilning iyul oyida harakat vakillari Moskvaga tashrif buyurgandi. Biroq o‘shanda ham ular Putin bilan uchrashmagan

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.

Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing