“Tolibon” xorij yordamisiz milliy byudjet loyihasini tayyorladi
Olam
−
17 dekabr 2021
6039Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan hukumati so‘nggi yigirma yil ichida birinchi marta xorijiy mamlakatlar yordamisiz moliyalashtiriladigan milliy byudjet loyihasini tayyorladi. Bu haqda "Arab news" xabar bermoqda.
Bu islohot mamlakat iqtisodiy inqiroz botqog‘iga tushib qolgan va Jahon oziq-ovqat dasturining Afg‘oniston bo‘yicha direktori Meri-Ellen Makgroarti mazkur mamlakatda 22,8 million kishi muntazam ravishda to‘yib ovqatlanmasligini va 8,7 million kishi ochlikdan azob chekayotganini aytgan bir paytda sodir bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston Moliya vazirligi matbuot kotibi Ahmad Vali Haqmal 2022 yil dekabriga qadar amal qiladigan byudjet loyihasi qancha summani o‘z ichiga olishini oshkor qilmagan.
"Biz loyihani ichki daromadlarimiz hisobidan moliyalashga harakat qilmoqdamiz", deya ta’kidlagan Ahmad Haqmal.
Avvalroq Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan "Tolibon" harakati og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli mamlakatda muomalada bo‘lgan xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqlagandi.
Shuningdek, "Tolibon" harakati Afg‘onistondagi pul ayirboshlash shoxobchalarida AQSH dollari sotib olish va sotishni taqiqladi. O‘shanda Qobulda valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi operatsiyalar 1 dollar qiymati 114 afg‘oniga yetganidan keyin to‘xtatilgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi