Afg‘onistonda dollar savdosi taqiqlandi

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi pul ayirboshlash shoxobchalarida AQSH dollari sotib olish va sotishni taqiqladi.  Bunga mamlakat milliy valyutasining qadrsizlanishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda “Aamaj News” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qobul valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi operatsiyalar 1 dollar qiymati 114 afg‘oniga yetganidan keyin to‘xtatilgan. Dollar bilan operatsiyalar to‘xtatilgandan so‘ng Qobulda joylashgan eng yirik valyuta bozori – “Saray Shahzoda”da tartibsizlik yuzaga kelgan.

Afg‘onistonda afg‘oni( milliy valyuta) qadrining keskin pasayishi 7 dekabrda boshlangan. O‘shanda 1 AQSH dollarining qiymati bir kun ichida 93-95 afg‘onidan 100 afg‘oniga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda AQSH dollariga talab avgust oyi boshida toliblar hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘sa boshlagan. Shu tariqa AQSH dollari afg‘onlar ishlatadigan asosiy xorijiy valyutaga aylangan edi.

Avvalroq, Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan "Tolibon" harakati og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli mamlakatda muomalada bo‘lgan xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqlagandi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing