“Tolibon” Karim Xonning so‘roviga javob qaytardi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ishlar vazirligi Xalqaro jinoiy sudni (XJS) inson huquqlarining o‘ziga xos talqinini butun dunyoga tiqishtirishni to‘xtatishga chaqirdi. Shu tariqa vazirlik XJS prokurorining “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda va oliy sud raisi Abdul Hakim Haqqoniyga nisbatan hibsga olish orderlarini so‘rash qarorini izohladi. Bu haqda vazirlikning X sahifasida e’lon qilindi.

“Ushbu tashkilot (XJS) dunyoga inson huquqlarining maxsus talqinini tiqishtirishga urinmasligi, shuningdek, boshqa xalqlarning diniy va milliy qadriyatlarini inkor etmasligi kerak”, deyiladi bayonotda.

“Tolibon” XJS prokurori harakatlarini noqonuniy va shu kungacha zaif bo‘lgan ushbu tuzilmaning obro‘siga putur yetkazuvchi, deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XJS prokurori Karim Xon Haybatulloh Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniy afg‘onistonlik qizlar va ayollarni, shuningdek, “Tolibon”ning gender identifikatsiyasi bo‘yicha mafkuraviy talablariga mos kelmaydigan shaxslarni ta’qib qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi lozimligini bildirgandi. Xonning so‘zlariga ko‘ra, bu ta’qiblar kamida 2021 yil 15 avgustdan beri davom etib kelmoqda va Afg‘onistonning barcha hududida amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Tolibon” XJS Karim Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing