“Tolibon” ISHID jangarilarini hibsga olmayapti – sobiq vitse-prezident
Olam
−
12 noyabr 2021
7103Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati ISHID terrorchilik guruhi jangarilarini emas, balki sobiq afg‘on armiyasi harbiy xizmatchilarini hibsga olmoqda. Bu haqda Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih ma’lum qildi.
“Tolibon”ning “Xurosondagi Islomiy davlat”ning yuzlab jangarilari hibsda ekanligi haqidagi bayonoti haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, degan siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida “Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari harbiy xizmatchilari, huquq faollari va “Tolibon” harakatidan rozi bo‘lmagan afg‘onlar” bor.
Sobiq vitse-prezidentning ta’kidlashicha, “Tolibon” shu paytgacha jurnalistlar va huquq himoyachilarining qamoqxonalarga borishiga ruxsat bermagan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 noyabr kuni Afg‘onistonning “Ariana News” telekanali “Tolibon” vakili Xalil Hamrah bayonotiga tayanib, “Tolibon” xavfsizlik xizmati xodimlari so‘nggi uch oy ichida kamida 600 nafar ISHID jangarisini hibsga olgani, shuningdek guruhning 33 “asosiy tarafdori”ni yo‘q qilgani haqida xabar bergan.
LiveBarchasi