“Tolibon”ga ishonsa bo‘ladimi?
Intervyu
−
27 iyul 2022
17974Afg‘onistonning umumiy aholisi 34,3 million kishini tashkil qiladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda 22,8 million afg‘on doimiy ravishda to‘yib ovqatlanmaydi, 8,7 million kishi esa ochlikdan aziyat chekmoqda. “Tolibon” hukmronligi boshlangandan buyon mamlakatda 700 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 1500 ga yaqin tinch aholi esa yaralandi.
Ma’lumki, o‘tgan yili avgustda Ashraf G‘ani rahbarligidagi Afg‘oniston hukumati ag‘darildi, Prezident mamlakatdan qochib ketdi. 15 avgust kuni “Tolibon” hokimiyatni egalladi.
Bugun Toshkentda tarixiy voqeaga guvohlik qildik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yana jahon hamjamiyati e’tiborini Afg‘onistonga qaratdi. Toshkentda “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy qatnashdi. E’tiborli tomoni shundaki, O‘zbekistonda Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha bir necha bor konferensiyalar o‘tkazilgan bo‘lsa, unda birinchi marta “Tolibon” vakili qatnashishi.
Konferensiyada qator “mesej”lar berildi. Xususan, O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaatida “afg‘on hukumati milliy ozchiliklarning, ayniqsa, ayollar va qizlarning asosiy inson huquqlarini ta’minlashi, qizlarning o‘rta maktabga borishini, ular mehnat qilish huquqiga ega bo‘lishini, harakat erkinligini ta’minlashi kerakligini” aytdi va hukumatni terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish, keskin choralar ko‘rishga chaqirdi.
Amir Muttaqiyning aytishicha, Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tug‘dirmaydi. U Qo‘shma Shtatlarni xorijiy banklarda bloklangan afg‘on aktivlariga taqiqni olib tashlashga chaqirdi. Ayni vaqtda Afg‘onistonning 7 milliard dollari qo‘shma Shtatlar tomonidan muzlatilgan va bu Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning fikricha, rezidenti kuniga 1 dollardan kam daromad oladigan mamlakatdan 7 milliard dollar o‘g‘irlash – jinoyat.
Konferensiya ishtirokchilariga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham murojaat yo‘llab, Tashkilot Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va bu mamlakatda tinchlik o‘rnatishda davom etishini ma’lum qildi.
Xo‘sh, “Tolibon” vakilining dunyo hamjamiyatiga bergan va’dalariga ishonsa bo‘ladimi? Yangi Afg‘oniston oldiga qo‘yilgan talablarni bajaradimi? AQSH 7 milliard dollarni qaytarmagan taqdirda ham Afg‘onistonning tinchlik va barqarorlik haqidagi va’dalari o‘z kuchida qoladimi? Bunda Rossiya va Xitoy kabi yirik kuchlar qanday rol o‘ynaydi? Ushbu savollar bilan QALAMPIR.UZ Taraqqiyot strategiyasi markazi direktori Eldor Tulyakovga yuzlandi.
Siyosatchi Eldor Tulyakov bilan intervyuni yuqoradiga videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi