“Tolibon” erkaklarga soqol olishni taqiqladi

Olam

image

“Tolibon” Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida zamonaviy soch turmagi qilishni va soqol olishini taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda

Qayd etilishicha, Islom yo‘nalishi vazirligi rasmiylari Helmand viloyatining markazi – Lashkargohda erkaklar sartaroshxonalari vakillari bilan uchrashgan va sochni turmaklamaslik hamda soqolni olmaslikni so‘ragan. Bundan tashqari, sartaroshxonalarda musiqa va madhiyalar ijro etilmaslik ham aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” Afg‘oniston Ayollar ishlari vazirligini tugatib, uning o‘rniga Islom yo‘nalishi vazirligini joriy qilgan. Bundan tashqari, “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid ham Afg‘onistonning yangi hukumatida ayol vazirlar bo‘lmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” bundan avval ayollarning Hirot viloyatidagi sanoat zonasiga kirishini taqiqlagandi.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing