“Tolibon” “erkaklar lavozimida”gi ayollarga uyda o‘tirishni buyurdi
Olam
−
20 Sentabr 2021
7612Afg‘oniston poytaxti Qobul xo‘jaligi tizimida erkaklar ishlashi mumkin bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritadigan ayollar uyda qolishi va ishga bormasligi kerak. Bu haqda shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Molavi Hamdulla Nomani ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar xo‘jaligida 2,9 ming kishi ishlaydi. Ularning 27 foizi, jumladan, tuman hokimligida, qurilish va muhandislik sohalarida ishlovchi ayollardir.
“Biz ish joyida erkaklar o‘rnini bosa olmaydigan yoki vazifasi erkaklarniki bo‘lmagan ayollarga ishga qaytishiga ruxsat berdik. Ular har kuni ishga borishadi. Masalan, gap shahar ayollar hojatxonasida ishlaydigan ayollar haqida ketyapti, u yerda erkaklarga ruxsat berilmaydi”, degan shahar hokimi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tumanlarda va markaziy idorada erkaklar bilan almashtirib bo‘lmaydigan ayol xodimlar bor, ular elektr va qurilish sohalarida ishlaydi.
“Ammo boshqalar (erkaklar — tahr.) egallashi mumkin bo‘lgan lavozimlarga kelsak, biz ularga (ayollar — tahr.) vaziyat normallashguncha uyda qolishni aytdik. Ularning maoshi to‘lanadi”, degan shahar hokimi.
LiveBarchasi