“Tolibon” dollar va “antikvar”larni Afg‘onistondan olib chiqishni taqiqladi

Olam

image
“Tolibon” bo‘ysunmas Panjsherga kira olmadi north_east

“Tolibon” bo‘ysunmas Panjsherga kira olmadi

“Tolibon” Afg‘onistondan dollar va antiqa buyumlarni olib chiqishni taqiqladi. Bu haqda  “Interfaks” nashri “Tolibon” vakiliga tayanib, xabar bermoqda.

"Fuqarolarga Afg‘onistondan yer va havo yo‘li orqali dollar va antiqa buyumlarni olib chiqish taqiqlanganini ma’lum qilamiz", degan “Tolibon” harakati vakili Vardak Alhanafi.

Alhanafi o‘zining Twitter'dagi sahifasida yozishicha, taqiqlangan buyumlarni olib chiqmoqchi bo‘lganlar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing