“Tolibon” delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2021 13948 1 daqiqa
Bugun, 16 oktyabr kuni Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi delegatsiyasi Termizga keldi. Bu haqda delegatsiya a’zosi Inamulla Samangani Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchilik qiladi.
“Tashrif chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik va boshqa masalalar muhokama qilinadi”, deya yozmoqda Inamulla Samangani.
O‘zbekiston TIV ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda muzokaralar boshlangan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi muzokaralar Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning joriy yilning 7 oktyabrda Afg‘onistonga amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr