“Tolibon” delegatsiyasi Samarqandda Juma namozini o‘qidi

Jamiyat

image

Kecha, 29 iyul kuni Afg‘oniston Muvaqqat hukumatining Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqi va Moliya vaziri Badri Sohib Samarqand shahrida Juma namozini o‘qidi. 

Musulmonlar idorasi bergan ma’lumotga ko‘ra, “Tolibon” vakillari Samarqanddagi “Namozgoh” masjidida namoz o‘qigan. 

Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov shu masjidda ma’ruza qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston Muvaqqat hukumat vakillari O‘zbekistonga 26 iyul kuni o‘tkazilgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

509

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing