“Tolibon” BMT sanksiya qo‘ygan shaxslarni hukumatga oldi
Olam
−
23 noyabr 2021
7641Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati mamlakatning yangilangan hukumati tarkibiga BMT sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan bir qancha shaxslarni tayinladi.
Bundan tashqari, yangi hukumat tarkibiga birorta ham ayol tayinlanmagan.
Ta’kidlanishicha, yangi tayinlovlar “Tolibon”ning rasmiy vakili Zabihulla Mujohid tomonidan e’lon qilingan. Xususan, Konchilik va neft sanoati vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Shahobiddin Delavar va uning o‘rinbosari Hoji mulla Muhammad Iso Oxund BMT sanksiyalari ostida.
Shuningdek, BMT sanksiyalari ostida Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Abbos Oxund va Oliy nazorat organi rahbari vazifasini bajaruvchi Qudratulla Jamol ham bor.
Avvalroq, “Tolibon” harakati vakillari Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning uchinchi vazirlar yig‘ilishiga taklif etilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi