“Tolibon” bilan janglarda Panjsher “jarchisi” o‘ldirildi

Olam

image

Afg‘onistonda Milliy qarshilik kuchlari Matbuot kotibi Fahim Dashti Panjsher viloyatida davom etayotgan to‘qnashuvlar paytida halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston matbuotiga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston militsiyasi o‘limning sabablarini aniqlamagan. Dashtining o‘limi haqidagi ma’lumotlar militsiyaning Twitter’dagi sahifalaridan birida ham paydo bo‘lgan. 

“Afg‘oniston Milliy qarshilik kuchlari, afsuski, bugun ikki safdoshini yo‘qotdi. Matbuot kotib Fahim Dashti va general Abdul Vudod Zara o‘ldirildi”, deyilgan xabarda. 

Voqea tafsilotlari keltirilmagan. Bundan avval, Dashti o‘zining Twitter’dagi sahifasida harakat jangarilari deyarli viloyatdan quvilgani haqida yozgandi. 

Shuningdek, militsiya “Tolibon”ning asosiy qo‘mondonlaridan biri Mavlaviy Fasihuddin Panjsherda o‘ldirilganini da’vo qilmoqda.

Panjsher — “Tolibon”ga bo‘ysunmagan yagona viloyat

Ushbu viloyat Afg‘onistoning sharqida joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 150 ming aholi yashaydi. Qayd etish kerakki, viloyatning 98 foiz aholisi etnik tojiklardan tashkil topgan. Panjsherda “Tolibon”ga qarshi kuchlar to‘planayotgani ham aytilmoqda va hozirda ushbu provinsiya toliblarga qarshilik ko‘rsatish markazi bo‘lishi taxmin qilinyapti. 

Bu yerda Afg‘onistonning bir qator nufuzli siyosiy figuralari jamlangan: mamlakatning 1992-1996 yillardagi Mudofaa vaziri, mashhur “dala qo‘mondoni” Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud, birinchi vitse-prezident Amrulloh Solih, Marshal Abdul-Rashid Do‘stum hamda uning o‘g‘li Yormuhammad Do‘stum

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Panjsher

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing