“Tolibon” ayollarni erkak shifokorlar davolashini taqiqladi

Olam

image

"Tolibon" harakati Afg‘onistonning Balx viloyatidagi sog‘liqni saqlash muassasalaridagi erkaklar ayol bemorlarga, ayol shifokorlar esa erkak bemorlarga xizmat qilmasligini buyurdi. Bu haqda "Hasht-e Subh Daily" nashri xabar berdi.

"Tolibon" talabiga ko‘ra, erkak shifokorlar ayollar ajratilgan xonalarga kirmasligi zarur. Shuningdek, erkak shifokorlar faqat erkaklarga, ayol shifokorlar esa ayollargagina xizmat ko‘rsatishi kerak. Erkak va ayollar xonalari alohida qilib ajratiladi.

Avvalroq, "Tolibon" Afg‘onistonda ayollarning televideniyeda faoliyat ko‘rsatishini taqiqlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bundan tashqari, harakat mamlakatda ayollar uchun yana ko‘plab cheklovlarni joriy etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 21 dekabr kuni "Tolibon" mamlakat universitetlaridan talaba qizlar uchun darslarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatishni talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing