“Tolibon” AQSHning viza cheklovlari joriy etishini qoraladi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “Tolibon” harakati a’zolariga qo‘shimcha viza cheklovlari joriy etmoqchiligini e’lon qilgandi. Afg‘onistondagi muvaqqat “Tolibon” hukumati ushbu qarorni tanqid qilib chiqdi. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi.

“Afg‘oniston hukumati AQSHning bu qarorini qoralaydi va mulohazali masalalar diplomatik kanallar va konstruktiv choralar orqali hal qilish kerakligini yana bir bor ta’kidlashga majbur. AQSH bilan munosabatlarimiz bosim o‘tkazish orqali nizolarni hal etishga yordam bermasligini allaqachon ko‘rsatib berdi”, deyiladi hujjatda.  

TIV bayonotida, shuningdek, viza cheklovlarining kiritilishi “inson huquqlarining buzilishi” ekanligi ta’kidlanadi va AQSH rasmiylarini 2020 yil fevral oyida imzolangan Doha kelishuviga rioya qilishga chaqiradi.

 


 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing