“Tolibon” AQSHning “plan”larini buzmoqda

Olam

image

“Tolibon” harakati Qobul xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘lni to‘sib qo‘yib, faqatgina xorijliklarga ruxsat bermoqda. Bu haqda “Tolibon”ning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Aeroportga yo‘lni yopdik va faqat chet yelliklar o‘tishiga ruxsat berdik”, deydi Zabihulloh Mujohid.

Rasmiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 31 avgustidan keyin mamlakatdan fuqarolarni evakuatsiya qilish taqiqlanadi.

Qayd etish kerakki, “Tolibon”ning ushbu cheklovi AQSHning evakuatsiya rejalariga zid harakat hisoblanadi. Negaki, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlarining tugatilishi va Amerika harbiylarini Afg‘onistondan chiqarilish muddati haqida gapirib, barcha ishlarni sentyabr oyigacha tugatish reja qilinganini aytib o‘tdi. U rasmiy Vashington amerikaliklardan tashqari mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan 50-65 ming afg‘onni ham evakuatsiya qilmoqchi ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” AQSH qo‘shinlarining ikki tomonlama shartnomalarda belgilangan muddat — 31 avgustdan keyin ham Afg‘onistonda qolishi tegishli “oqibatlar”ga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon

Baholaganlar

607

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing