“Tolibon” AQSHning Afg‘onistondagi maxfiy qamoqxonasiga kirdi (video)

Jamiyat

image

“Tolibon” AQSH Mudofaa kuchlarining Afg‘oniston hududidagi maxfiy qamoqxonasi Bagramni qo‘lga oldi. U shu nomdagi Amerika harbiy bazasi hududida joylashgan.

Toliblar qamoqxonada qolgan mahkumlarni, jumladan ISHID jangarilarini ham ozod qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qamoqxonada jami 600 ga yaqin mahbus bo‘lgan. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bu yerda amerikaliklar mahbuslarni qiynoqqa solgan, ba’zilar dosh berolmay vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va NATO kuchlari Bagram bazasini joriy yilning iyul oyi boshida tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Bagram

Baholaganlar

644

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing