“Tolibon” AQSHni kelishuvni buzishda aybladi

Olam

image

Afg‘onistonning yangi hukumati a’zolari AQSHning sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lishi Dohada erishilgan kelishuvga zid. “Tolibon” shunday bayonot bilan chiqdi.

“Barcha amaldorlar istinosiz BMT va AQSHning “qora ro‘yxati”dan chiqarilishi kerak edi. Talab o‘zi kuchida qoladi”, deyiladi harakat bayonotida.

Avvalroq, "Tolibon" harakati tomonidan tuzilgan yangi hukumat rahbari bo‘lgan Muhamad Hasan Oxun AQSH va BMTning "qora ro‘yxati"ga kiritilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, 2020 yil fevralda Qatar poytaxti Dohada toliblar va amerikaliklar tinchlik shartnomasi imzolagandi. Unga ko‘ra, AQSH va NATO kuchlari Afg‘onistondan chiqishi, “Tolibon” esa “Al-Qoida” bilan aloqalarini uzib, mamlakat ma’muriyati bilan muzokaralar boshlashi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing