“Tolibon” AQSH bilan Usama bin Ladenning yordamchisini ozod qilishga kelishib oldi – OAV

Olam

image

AQSH va Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Usama bin Ladenning sobiq ittifoqchisi Muhammad Rahim al-Afg‘oniyni “Tolibon” tomonidan asirga olingan amerikalik Rayan Korbettga almashish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda manbalariga tayanib, ISNA agentligi xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Qatarda bir necha oy davom etgan muzokaralardan so‘ng tomonlar bin Ladenning sobiq yordamchisini 2022 yil avgustida josuslikda gumon qilinib, “Tolibon” tomonidan hibsga olingan amerikalik nodavlat tashkilot xodimi Korbettga almashishga kelishib olgan. 

Xabar qilinishicha, kelishuv yana bir afg‘onistonlikni Amerika qamoqxonasidan ozod qilishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Al-Afg‘oniy 2007 yilda Pokistonning shimoli-sharqidagi Lahor shahrida avtobusga chiqish vaqtida Pokiston xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan. 2008 yilda u AQSH Markaziy razvedka boshqarmasiga topshirilgan.

Rayan Korbett

Korbett esa 2022 yil 10 avgustda Amerika razvedka idoralarida ishlaganlikda gumonlanib, “Tolibon” tomonidan hibsga olingan. Bu Qo‘shma Shtatlar “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni Kobulda yo‘q qilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. “Tolibon” uni al-Zavohiriyning qayerdaligini oshkor qilishda ishtirok etgan, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon Usama bin Laden Muhammad Rahim al-Afg'oniy Rayan Korbett

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing