“Tolibon” AQSH askarlariga hujum qilmaslikka va’da berib, Vashingtonga talab qo‘ydi

Olam

image

AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan 11 sentyabrgacha chiqib ketishi kerak. “Tolibon” harakati vakili Suhayl Shohin shunday talabni e’lon qildi.

“Ular o‘z askarlarini 11 sentyabrgacha olib ketishini aytgan. Ya’ni, ular barcha kuchlarini olib ketishi kerak, biz esa ularga hujum qilmaslikka sodiq qolamiz. Va ularga hujum qilmadik”, degan Shohin.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston hukumati ag‘darilib, “Tolibon” harakati hokimiyatga kelishi fonida AQSH mamlakatdagi diplomatlarini evakuatsiya qilish uchun Qobulga dastlab 3 ming keyin, qo‘shimcha 2 ming askar yubordi.

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berdi va mamlakatni tark etdi. Keyinroq u qon to‘klishini oldini olish uchun shunday qilganini aytdi.

Boshqaruvsiz qolgan Afg‘oniston harbiylari esa mamlakatdan qochishga harakat qilmoqda yoki toliblarga taslim bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon

Baholaganlar

792

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing