“Tolibon” Turkmaniston bilan chegaradagi viloyatni egalladi. “Arqadag‘” qanday chora ko‘radi?

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Afg‘oniston shimoli-g‘arbiy qismidagi Badg‘is viloyatining barcha tumanlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Badg‘is viloyati gubernatori Xusamettin Shemsning aytishicha, viloyatning faqatgina Turkmaniston bilan chegaradosh ma’muriy markazi — “Tolibon” qo‘shinlari hujumiga uchragan Kalayi-Nau shahri hukumat kuchlari nazorati ostida qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, janglar shahar chegaralarida bo‘lib o‘tmoqda va toliblar bir qator mahallalar hamda qamoqxonalar hududini egallab olgan. Amaldorlar Badg‘isni tark etish uchun aeroportga yo‘l olgan.

Ayni paytda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi Badg‘is viloyatida toliblarga qarshi turish uchun etarlicha qo‘shin borligiga ishontirmoqda. Badg‘isning 7 ta okrugi — Ab Kemer arafasida “Tolibon” harakati nazorati ostiga o‘tdi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov esa Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazib, unda Berdimuhamedov va harbiy idoralar rahbarlari qo‘shni Afg‘onistondagi beqaror vaziyatni muhokama qilib, ikki mamlakat chegarasida turkman qo‘shinlarining harbiy safarbarligini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Unda quyidagi ehtimoliy choralar muhokama qilingan:

  • chegaradan 130 kilometr masofada Meri va Lebap velayatlarida raketa uchirish moslamalarini joylashtirish;
  • qo‘shimcha uskunalar Maryam-2 harbiy aerodromiga o‘tkaziladi: hujum samolyotlari va harbiy vertolyotlar. Aviatsiya guruhini boshqarish punkti ham shu yerda joylashgan bo‘ladi;
  • armiyada mohir yuk mashinalari haydovchilari, shuningdek, tanklar va zirhli transportyorlar yo‘q. Agar kerak bo‘lsa, harbiy texnikani boshqarish uchun 60 yoshgacha bo‘lgan yuk mashinalari, yonilg‘i quyish tankerlari, pritseplari va tez yordam mashinalarini boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan fuqaro haydovchilar jalb qilinishi mumkin.

Noma’lum sabablarga ko‘ra Garrigal, Serdar (sobiq Gizilarvat), Baxarden, Kaaxka hududlaridagi Eron bilan chegaradagi harbiy qismlarni maxsus kuchlar qo‘shinlari bilan mustahkamlash taklif qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH o‘z qo‘shinlarining 90 foizini, allaqachon, Afg‘onistondan olib chiqib ketdi. Bundan tashqari, Italiya va Germaniya ham ushbu mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqib ketgan. Xorijiy qo‘shinlarning mamlakatni tark etishi “Tolibon” harakatiga ustunlik bermoqda va ular birin-ketin mamlakat tumanlarini egallab kelmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning 50-70 foizi toliblar qo‘lida.

Bu esa o‘z navbatida Afg‘oniston hukumati qo‘shinlariga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ular toliblarga qarshi jangda vaqti-vaqti bilan chekinishga va hatto, qo‘shni O‘zbekiston hamda Tojikiston hududlariga qochib o‘tishga ham majbur bo‘lmoqda.

Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afg‘on harbiylari chegaradosh Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari O‘zbekistonga qochib o‘tgan. Kecha, 5 iyul kuni ham 1000 dan ortiq Afg‘oniston harbiylari “Tolibon” jangarilarining hujumi sabab qo‘shni Tojikistonga qochib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkmaniston “Toliboon”

Baholaganlar

698

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing