Turkmanistondan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi oshiriladi

Jamiyat

image

Turkmanistondan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi oshiriladi. Bu haqda kecha, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda ma’lum qilindi.

Suhbat davomida yetakchilar gaz sohasida hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuqori samaradorlikni qayd etib, uning uzoq muddatli ekanligini ta’kidlab, turkman gazini O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldi. 

Shuningdek, telefon muloqotida suv xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Berdimuhamedov Markaziy Osiyodagi suv muammosining yechimi borasida Turkmanistonning pozitsiyasini ma’lum qilgan. Bu pozitsiyaga ko‘ra, mintaqadagi suv resurslari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari asosida hal etilishi, shuningdek, mintaqadagi barcha mamlakatlarning manfaatlari inobatga olinishi, Markaziy Osiyodagi suv masalasini xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda BMT ishtirokida ko‘rib chiqish zarur. O‘zbekiston Prezidenti ikki davlatning bu boradagi yondashuvlari “to‘liq mos kelishi”ni qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Turkmaniston Moskva bilan yonilg‘ining yangi narxi bo‘yicha kelisha olmagani sababli Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkmaniston tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing