Tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha KXSHT dasturini ishlab chiqish yakunlandi
Olam
−
28 noyabr
1260Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarani mustahkamlash dasturini ishlab chiqishni yakunladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 28 noyabr kuni Ostonadagi KXSHT sammitining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Qozog‘iston raisligi davrida KXSHTning tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli davlatlararo dasturi bo‘yicha ishlar yakunlandi. Aytgancha, hujjat 2013 yildan beri ishlab chiqilgan. Bugun biz tashkilotning janubiy chegaralarini mustahkamlashga qaratilgan ushbu muhim qarorni imzolaymiz”, dedi u.
To‘qayev Qozog‘istonning KXSHTga raisligining barcha ustuvor yo‘nalishlari “tizimli va izchil amalga oshirilayotganini” ta’kidladi.
“Hamkorlarimiz va do‘stlarimiz ko‘magida biz ularni KXSHT doirasida yanada ilgari surish bo‘yicha faol ishlarni davom ettiramiz”, dedi Qozog‘iston Prezidenti.
KXSHT Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov ushbu dastur tashkilot mas’uliyati hududining janubiy qismi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgani haqida ma’lum qilgandi. U Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlar ko‘lamidan xabardor bo‘lgan Qirg‘iziston va Tojikiston rahbariyatining “siyosiy irodasi”ni qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 noyabr kuni Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi yaqinida sodir etilgan hujumda bir nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘lgan, to‘rt nafari yaralangandi.
LiveBarchasi