Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvlarda 28 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
07 dekabr
6655Pokistonning shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi qurolli to‘qnashuvlarda 6 nafar harbiy va 22 nafar jangari halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat armiyasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, to‘qnashuvlar bugun, 7 dekabr kuni Vaziriston va unga yaqin hududlarda harbiylar tomonidan razvedka asosida o‘tkazilgan operatsiyalar davomida sodir bo‘lgan. “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” o‘z jangarilari xavfsizlik punktiga hujum qilib, harbiylarni o‘ldirganini ma’lum qilgan. Ammo jangarilar orasida qancha qurbonlar borligi haqida ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda jangarilar tajovuzni kuchaytirib, asosan xavfsizlik kuchlariga qarshi nishonli hujumlar uyushtirmoqda. Xususan, 23 noyabr kuni Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida joylashgan Kurram tumanida qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgandi. To‘qnashuvlar oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgan va 25 kishi yaralangan. 21 noyabr kuni ushbu hududda ichida yo‘lovchisi bo‘lgan transport vositalariga qurolli hujum amalga oshirilgandi. Hujumda kamida 42 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgan.
LiveBarchasi