“Tolibon” Afg‘onistondagi postni butunlay yo‘q qilib tashladi

Olam

image

Afg‘onistonda Tolibon jangarilari Xilmand viloyatining janubidagi armiya nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi. Oqibatda 18 nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 4 may kuni TOLO News telekanali huquq-tartibot idoralaridagi manbaga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, portlash kecha, 3 may kuni kechqurun Nahre Seraj tumanida sodir etilgan. Afg‘oniston Milliy armiyasi va Milliy xavfsizlik direksiyasi nazorat punkti yaqinida bomba yuklangan mashina portlatilgan. Manbaga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punkti butunlay yo‘q qilingan.

Shu bilan birga, viloyat gubernatorining vakili Omar Zvakning aytishicha, besh nafar askar o‘ldirilgan va yana besh kishi yaralangan.

Avvalroq, Afg‘on rasmiylari “Tolibon”ning kamida 100 a’zosini Kobuldagi qamoqxonadan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 29 fevral kuni AQSH va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi. Unga ko‘ra, AQSH 135 kun davomida o‘z qo‘shinlarining aksariyat qismini Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketishi, shningdek, ikki tomon asirlar almashinuvini amalga oshirishlari kerakligi belgilab qo‘yildi.

Ammo sulhdan bir necha kun o‘tib Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani ushbu shartlarga amal qilmasligini, ya’ni "Tolibon"ga tegishli 5000 nafar asirlarni ozod etmasligini ma’lum qildi. "Tolibon" ham agar ushbu shart bajarilmasa, Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazmasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

370

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing